«Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola faoliyatini AQSh terma jamoasida davom ettirishi mumkin.
Maurisio Pochettinoning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi kutilayotgani sababli Amerika futboli rahbariyati yangi murabbiy izlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Asosiy nomzodlardan biri Gvardiola ekani aytilmoqda.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis ham AQSh terma jamoasini boshqarish imkoniyatiga ochiq. U milliy jamoada ishlash klub futboliga nisbatan kamroq bosim va ruhiy zo‘riqish bilan kechadi, deb hisoblamoqda.
Gvardiola muayyan shartlar bajarilsa, amerikaliklar taklifini qabul qilishga tayyor bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik murabbiy «Manchester Siti»da o‘n mavsum ishlaganidan so‘ng hozircha murabbiylik faoliyatidan tanaffus olgan.