Pep Gvardiola Chempionlar ligasiga chiqishni kutmoqda.
"Agar biz Chempionlar ligasiga chiqa olmasak, demak, bunga munosib emasmiz va Yevropa ligasida qatnashamiz. Bor gap shu.
Menimcha, biz maqsadimizga erishamiz. Fikrim shunday. Bizga to‘rt ochko kerak, bu asosiy maqsadimiz. Va men buni qila olishimizga to‘la ishonchim komil," deya ta’kidladi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.