Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Guterrish Trampning inaugurasiyasida qatnashmoqchi emas

Guterrish Trampning inaugurasiyasida qatnashmoqchi emas

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inaugurasiya marosimida qatnashishni rejalashtirmayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda jahon tashkiloti rahbari rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxon Haq jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda TASS muxbirining savoliga javob berib aytdi.

"AQSh prezidentlarining inaugurasiyasida qatnashish bosh kotiblar uchun an’anaga aylangan amaliyot emas. Ilgari shunday bo‘lmagan va bu safar ham bo‘lmaydi," - dedi u tegishli savolga javob berib.

Trampning inaugurasiya marosimi 20 yanvarga belgilangan. Tramp 2024 yil 5 noyabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida AQSh vitse-prezidenti, demokratlar nomzodi Kamala Harrisni ortda qoldirib, g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 23:19 16.01.2025. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!