Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Go‘sht importi bir necha oylik o‘sishdan keyin qisqara boshlagan, narx oshishda davom etmoqda

Go‘sht  importi bir necha oylik o‘sishdan keyin qisqara boshlagan, narx oshishda davom etmoqda

Go‘sht importi bir necha oylik o‘sishdan keyin qisqara boshlagan, narx oshishda davom etmoqda

2025 yilning o‘tgan 10 oyi davomida oyma-oy o‘sib kelgan go‘sht importi noyabrga kelib hajmda ham, summada ham qisqara boshlagan (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish davom etmoqda).

Noyabr oyida O‘zbekistonga 80,6 mln.dollarlik go‘sht mahsulotlari import qilingan (oktyabrdagi rekord 91,9 mln.dollar edi). Importning 59,0 mln.dollarlik qismi mol go‘shti, 8,6 mln.dollari qo‘y go‘shti va 6,2 mln.dollari tovuq go‘shti.

Import mol va qo‘y go‘shtining narxi oshishdan to‘xtamagan. Noyabrda mol go‘shti kilosi o‘rtacha 4,51 dollardan (+0,07 dollar), qo‘y go‘shti 2,86 dollardan (+0,20 dollar) import bo‘lgan. Tovuq go‘shti importi esa 1,14 dollargacha (-0,04 dollar) arzonlagan.

Kiritildi: 12:11 09.12.2025. O'qildi: 607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!