Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Gulistondagi viloyat musiqali drama teatrida yong‘in chiqdi

A A A
Gulistondagi viloyat musiqali drama teatrida yong‘in chiqdi

Gulistondagi viloyat musiqali Drama teatrida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bugun, 5 avgust kuni soat 18:06 da Guliston shahri «Shodlik» MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasida joylashgan ob’ektlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:09 da voqea joyiga yetib borgan hamda soat 18:12 da yong‘inni qurshab olib, 19:00 da to‘liq o‘chirgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida murojaatlar kelib tushmagan.

Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:15 05.08.2025. O'qildi: 2376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!