Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Gulistonda suv ta’minoti xodimlari qarzdor va uning o‘g‘li tomonidan kaltaklangani yuzasidan rasmiy izoh berildi

A A A
Gulistonda suv ta’minoti xodimlari qarzdor va uning o‘g‘li tomonidan kaltaklangani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Guliston tumanida suvchilar kaltaklanibdi” sarlavhasi ostida video tarqalgan. Holat Guliston tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi.

Unga ko‘ra, “Sirdaryo suv ta’minot” AJ ning Guliston tumani bo‘limi xodimlari fuqarolarning ichimlik suvlaridan mavjud bo‘lgan qarzdorliklarni undirish yuzasidan Guliston tumani, “Sohil” mahallasida yashovchi fuqaro S.U.ning yashash xonadoniga borgan. Ular ichimlik suvidan oldindan mavjud bo‘lgan qarzdorligini bir necha marotaba yuborilgan ogohlantirishlarga qaramasdan to‘lamasdan kelayotgani sababli ushbu xonadonni ichimlik suvi tarmog‘idan uzush uchun borgan vaqtlarida xonadon egasi va uning farzandi mas’ullarga qarshilik ko‘rsatib ularni haqoratlagani aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Sirdaryo suv ta’minot” AJ ning mas’ul xodimlarida tan jarohatlari aniqlanmagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:36 21.04.2024. O'qildi: 1420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!