Kredit mablag‘i maqsadli loyiha, ish ko‘lamini va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun banklar tomonidan beriladigan sarmoyadur va uni o‘z vaqtida to‘lab borish talab etiladi.
Kredit mablag‘lari o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, banklar sudga murojaat qilishga majbur bo‘lishadi. Sudlar esa, o‘z navbatida qarzorlikni undirish uchun Majburiy ijro byurosi organlariga yo‘naltiradi.
Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 09.05.2025 yildagi qaroriga ko‘ra qarzdor “M.A.”dan undiruvchi “O‘zbekiston Sanoatqurilishbank” ATB foydasiga 519,1 mln. so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Ijro xarakatlari natijasida garov mulki xisoblangan turar joy xatlanib, 850 mln. so‘m boshlang‘ich narhda auksion savdosiga chiqarildi.
Sotuvidan tushgan mablag‘ kredit qarzini qoplashga yo‘naltiriladi.