11 noyabr kuni Gruziyada halokatga uchragan Turkiya Harbiy-havo kuchlarining Lockheed C-130 Hercules harbiy-transport samolyoti qoldiqlari Kayseri viloyatiga yetkaziladi.
Bu haqda Yeni Şafak gazetasi xabar bermoqda.
Gazetaning yozishicha, tegishli idoralar Gruziyadagi halokat joyida keng qamrovli tekshiruv o‘tkazmoqda, shundan so‘ng samolyot bo‘laklari Kayseri harbiy bazasiga yetkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Milliy mudofaa vazirligi 12 noyabr kuni halokatga uchragan samolyot bortidagi barcha 20 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganini tasdiqladi.
Harbiy samolyotning qora qutisi 12 noyabrga o‘tar kechasi Turkiyaga yetkazilgan.