Zurabishvilining o‘zi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilishicha, sakkizta o‘q uzilgan, o‘qlardan biri uning Eski Tbilisidagi uyi hovlisiga, Gudiashvili maydoni yaqiniga tushgan. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ertalab soat 04:20 atrofida bir necha o‘n kishi ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgan, shovqin-suron ko‘tarilgan va otishma bilan tugagan.
U o‘q tushgan joylar tasvirlangan fotosuratlarni e’lon qildi, shuningdek, u davlat muhofazasidan mahrum qilinganini eslatdi.