Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Gruziya sobiq bosh prokurori prezident saroyini egallashga urinishdagi aybini tan oldi

Gruziya sobiq bosh prokurori prezident saroyini egallashga urinishdagi aybini tan oldi

Gruziya sobiq bosh prokurori Murtaz Zodelava va sobiq harbiy Lasha Beridze prezident saroyini egallashga urinishdagi aybini tan oldi. Bu haqda Gruziya prokuraturasi ma’lum qildi.

Ular strategik ahamiyatga ega ob’ektni egallashga urinish, guruhiy
zo‘ravonlikni tashkil etish va davlat hokimiyatini zo‘ravonlik yo‘li bilan ag‘darishga chaqiriqlarda ayblangan. Sud Zodelava va Beridzening har birini 7 yildan ozodlikdan mahrum qilgan.

Voqea 2025 yil 4 oktyabrda Tbilisidagi namoyishlar vaqtida sodir bo‘lgan. Namoyishchilar prezident saroyi tomon yo‘l olgan va bino atrofidagi to‘siqlarni buzgan. Zodelava va Beridze qilmishidan pushaymonligini bildirib, prokuraturadan tergov bilan kelishuv tuzishni so‘ragan.

Kiritildi: 21:34 05.10.2026. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!