Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Gruziya parlamenti bir partiyaliga aylandi

Gruziya parlamenti bir partiyaliga aylandi

Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.

Gruziya parlamenti mamlakat sobiq bosh vaziri Giorgi Gaxariyaga tegishli bo‘lgan “Gruziya uchun” muxolif partiyasining 12 nafar deputatini mandatlaridan mahrum qildi. Deputatlarning vakolatlari tugatilishiga sabab sifatida partiya a’zolarining parlament yig‘ilishlarida qatnashmaganliklari ko‘rsatildi. Shuningdek, partiya davlat moliyaviy qo‘llovidan ham mahrum qilindi.

Parlament raisi Shalva Papuashvilining aytishicha, Gaxariya boshchiligidagi partiya vakillari “asosli sabablar” bo‘lmas-da, parlament yig‘ilishlarini doimiy ravishda qoldirib kelgan.

Partiya yetakchisi Giorgi Gaxariya bunga javoban partiya a’zolari yig‘ilishlarni qoldirmaganini, balki "nolegitim parlament"ni boykot qilganini ta’kidladi. U partiya a’zolarining mandatlardan mahrum qilinishini "Kreml qo‘llanmasidan yulib olingan sahifa" deb atadi.

Gaxariyaning so‘zlariga ko‘ra, muxolif deputatlar daxlsizlik huquqidan mahrum qilinmoqda, bu esa siyosiy ta’qiblar uchun yo‘l ochish va shu yil kuzida bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlar arafasida muxolifatni batamom yo‘qotish maqsadida qilinmoqda.

Gruziya qonunchiligiga ko‘ra, mamlakat parlamenti tarkibida 150 deputat bo‘lishi kerak, biroq hozirda faqat 89 nafar deputat parlament ishida ishtirok etmoqda. Ulardan 79 nafari “Gruziya orzusi” partiyasidan, yana 10 nafari esa ushbu partiya ro‘yxati orqali saylanib, keyinchalik “konstruktiv muxolifat” tuzish uchun ajralib chiqqan. Parlamentga 61 nafar muxolifat vakili saylangan, biroq barcha muxolif partiyalar saylov natijalarini tan olmay, parlament faoliyatini boykot qilishlarini e’lon qilgan.

"So‘nggi bir oy ichida Gruziyada 6 nafar partiya yetakchilari hibsga olingan, asosiy muxolifat kuchlari esa yetakchisiz qolgan. Giorgi Gaxariya ayni paytda mamlakatdan tashqarida", deya yozmoqda DW.

Kiritildi: 20:25 03.07.2025. O'qildi: 779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!