Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Gresiya o‘rmonlarida ham yirik yong‘in boshlandi

Gresiya o‘rmonlarida ham yirik yong‘in boshlandi

Gresiyaning sharqiy Attika (poytaxt mintaqasi)dagi Kerateya mintaqasida katta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi. Shu sababli aholi evakuasiya qilingan.

Bu haqda Gresiya OAVlari xabar bermoqda.

Soat 14:00 dan ko‘p o‘tmay, Drosia va Charvalo aholisini Anavissos yo‘nalishi bo‘yicha evakuasiya qilishga chaqirgan 112 favqulodda ogohlantirish tizimi ishga tushirildi.

Qayd etilishicha, polisiya evakuasiya qilishdan bosh tortgan o‘n kishi bilan bog‘liq vaziyatga aralashishga majbur bo‘lgan.

Yong‘in xizmati 190 o‘t o‘chiruvchi va 44 quruqlikdagi transport vositalarini, shuningdek, ko‘plab ko‘ngillilarni jalb qilib, o‘z ishtirokini ikki baravar oshirdi.

Yong‘inni o‘chirish uchun 11 samolyot va 7 vertolyot safarbar etilgan.

Kiritildi: 07:00 09.08.2025. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!