Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Gresiya: «Evropa G‘azodagi bolalarni qabul qilishi kerak»

Gresiya: «Evropa G‘azodagi bolalarni qabul qilishi kerak»

Gresiya Tashqi ishlar vaziri Georgios Gerapetritis Yevropa davlatlarini mojaro davom etar ekan, G‘azo urushidan jabrlangan va jarohatlangan bolalarni qabul qilishni boshlashga chaqirdi.

Diplomat shu haftada Falastin Bosh vaziri Muhammad Mustafo bilan bu g‘oyani muhokama qilishga va’da berdi.

Gresiyaning arab dunyosi bilan tarixiy aloqalari unga vositachi sifatida harakat qilish imkoniyatini berganini qayd etgan Gerapetritis, “Bu fojiaga juda aniq qarashimiz kerak. «Evropa [G‘azodan] yaradorlar, shuningdek, hozir ochlik yoki boshqa xavf-xatarlarga duch kelayotgan bolalar uchun ochiq bo‘lishi kerak.»

❕ Gresiyaning yetakchi diplomati qancha bola Gresiya yoki Yevropa Ittifoqiga joylashtirilishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi, lekin gap migrasiya haqida emas, balki faqat jabrlanganlarni reabilitasiya qilishda yordam haqida ketayotganini ta’kidladi.

💬 «Bu gumanitar yordam uchun ochiq chaqiriq. Biz bu yerda iqtisodiy muhojirlar yoki noqonuniy migrasiyaning boshqa turlari haqida gapirmayapmiz», deb ishontirdi diplomat. «Bu ulkan loyiha bo‘ladi va biz uni imkon qadar tezroq ishlab chiqishimiz kerak.»

Kiritildi: 21:55 19.06.2024. O'qildi: 828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!