American Patriot Polling agentligining so‘nggi so‘roviga ko‘ra, Grenlandiyaliklarning 57,3 foizi Qo‘shma Shtatlarga qo‘shilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan tashabbus Daniya tomonidan boshqariladigan Grenlandiya Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Respondentlarning 37,4 foizi bunga qarshi, yana 5,3 foizi bir qarorga kelmagan.
416 kishi ishtirok etgan so‘rov Tramp Grenlandiyaning AQShga kiritilishi "zarur" ekanligini aytganidan keyin o‘tkazildi. Biroq, tadqiqot natijalari ekspertlarda shubha uyg‘otmoqda, chunki Patriot Polling agentligi Respublikachilar partiyasi bilan bog‘liq va uning obro‘si yuqori baholanmagan.
Tramp Grenlandiyaga da’volarini orolning strategik ahamiyati bilan asoslaydi. Uning ta’kidlashicha, global isish sharoitida Grenlandiya yangi resurslarga, shuningdek, qit’alar orasidagi qisqaroq dengiz yo‘llariga yo‘l ochmoqda.
Tramp o‘z g‘oyasini ilgari surish uchun o‘g‘li kichik Donald Trampni Grenlandiya poytaxti Nuuk shahriga jo‘natib, u yerda mahalliy aholi bilan uchrashdi. Biroq, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, tadbir maxsus tashkil etilgan: MAGA qalpoqlarini kiygan ishtirokchilarga qimmatbaho restoranda bepul tushlik taklif qilingan.
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen “Grenlandiya sotilmaydi”, deya orolni sotish g‘oyasini keskin rad etdi. Kichik aholisi 56 865 kishi bo‘lgan Grenlandiya Daniya Qirolligining bir qismi bo‘lib qolmoqda va uning AQSh nazoratiga o‘tishi Kopengagenning jiddiy qarshiliklariga sabab bo‘lmoqda.