Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Grenlandiya Tramp va Ryutte o‘rtasidagi kelishuvni rad etishi mumkin

Grenlandiya Tramp va Ryutte o‘rtasidagi kelishuvni rad etishi mumkin

Politico nashrining Grenlandiya mineral resurslar vaziri Naaya Natanielsenga tayanib xabar berishicha, agar AQSh prezidenti Tramp va NATO bosh kotibi Mark Ryutte o‘rtasidagi kelishuvga AQSh fuqarolari va kompaniyalariga Grenlandiya tabiiy resurslaridan foydalanish huquqini berish masalasi kiritilsa, Grenlandiya uni qabul qilmaydi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kelishuvdan e’lon qilinganidan so‘ng Grenlandiya rasmiylari o‘z pozisiyasini qat’iy ravishda bildirgan. Natanielsen agar bunday bitimlar doirasida orol resurslarini uchinchi davlatga topshirish talab etilsa, Grenlandiya o‘z hududi bo‘yicha har qanday kelishuvni rad etishini ta’kidladi.

"Biz mineral resurslar sektorimizning kelajakdagi rivoji bo‘yicha qarorlar Grenlandiyadan tashqarida qabul qilinishiga aslo rozi bo‘lmaymiz", — dedi vazir.

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, Grenlandiyada noyob yer elementlarining yirik zaxiralari mavjud. Ushbu elementlar yuqori quvvatli magnitlar va mikrosxemalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bunday magnitlar shamol turbinalari, elektromobillar hamda yuqori texnologiyali harbiy uskunalarni yig‘ishda muhim ahamiyatga ega.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari NATO bosh kotibi Mark Ryutte va AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarga Grenlandiyadagi konlardan cheklanmagan shaklda foydalanish imkonini beradigan hamda zarur miqdorda harbiy bazalar barpo etishga yo‘l ochadigan kelishuvga erishganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 08:35. O'qildi: 537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!