Grenlandiyaning yangi bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen orol AQSh bilan hamkorlikka tayyor ekanini ma’lum qildi.
Bu haqda Daniyaning TV2 telekanali xabar berdi.
"Biz Qo‘shma Shtatlar bilan har tomonlama hamkorlik va munosabatlarni rivojlantirishga tayyormiz. Ammo biz o‘zaro hurmat hamda tenglikni xohlaymiz", — deya ta’kidladi Nilsen.