Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Green Card olishni istagan xorijliklar endilikda arizani AQShda emas, balki o‘z davlatida turib topshirishi kerak

Green Card olishni istagan xorijliklar endilikda arizani AQShda emas, balki o‘z davlatida turib topshirishi kerak

AQSh Fuqarolik va immigrasiya xizmati yangi siyosatga oid memorandum e’lon qilib, immigrasion maqomni o‘zgartirishni istagan shaxslar arizani Davlat departamenti rasmiy sayti orqali xorijdan turib topshirishi lozimligini bildirdi.

Qo‘shma Shtatlar Ichki xavfsizlik departamentiga ko‘ra, mamlakatda vaqtincha bo‘lib turgan va doimiy yashash huquqini olishni istagan xorijliklar o‘z vataniga qaytishi kerak bo‘ladi.

"Bu siyosat immigrasiya tizimining qonun bilan belgilangan tartibda ishlashini ta’minlaydi va turli bo‘shliqlardan foydalanishni rag‘batlantirmaydi. Yangi tartib resurslarni boshqa immigrasiya ishlariga yo‘naltirish imkonini berishini", deyiladi departament bayonotida.

Biroq migrantlar va qochqinlarga yordam ko‘rsatuvchi HIAS tashkiloti ushbu qarorni tanqid qildi. Tashkilotga ko‘ra, yangi siyosat odam savdosi qurbonlari hamda zo‘ravonlikdan qochgan bolalarni xavfli mamlakatlariga qaytishga majbur qilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 13:51. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!