Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Google o‘z xaritalardan Janubiy Koreyaning koordinatalarini olib tashladi

Google o‘z xaritalardan Janubiy Koreyaning koordinatalarini olib tashladi


Janubiy Koreya hukumati 13 noyabr kuni Google kompaniyasi o‘z xarita xizmatlaridan mamlakat hududining kenglik va uzunlik koordinatalarini o‘chirib tashlaganini ma’lum qildi. Bu qadam maxfiy harbiy va xavfsizlik ob’ektlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirildi.

Seul fevral oyida Google'ga mamlakatning batafsil xarita ma’lumotlarini xorijdagi serverlarga olib chiqishga ruxsat bergan edi. Koordinatalarni yashirish esa ushbu ruxsatnomaning asosiy xavfsizlik shartlaridan biri bo‘lgan.

Idoralararo qo‘shma bayonotda aytilishicha, mamlakat hududidagi barcha harbiy va xavfsizlik obektlari ichida hamda ularning atrofida olingan Google Street View tasvirlari ham o‘chiriladi. Seul agar shartlar jiddiy buzilsa, ruxsatnoma vaqtincha to‘xtatilishi yoki butunlay bekor qilinishidan ogohlantirdi.

Kiritildi: 20:30 13.11.2026. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik