Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Google, Microsoft va Meta'dan pul undiriladimi? Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi internet kabellari uchun haq talab qilmoqchi

Google, Microsoft va Meta'dan pul undiriladimi? Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi internet kabellari uchun haq talab qilmoqchi

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ostidan o‘tgan suv osti internet kabellaridan foydalanganlik uchun dunyoning eng yirik texnologik kompaniyalaridan haq undirishni xohlamoqda, deb yozadi CNN nashri.

"O‘tgan hafta Tehrondagi qonun chiqaruvchilar arab davlatlarini Yevropa va Osiyo bilan bog‘laydigan suv osti kabellariga qaratilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan rejani muhokama qilishdi", — deyiladi nashr maqolasida.

Bu o‘rinda gap xalqaro internet-trafik, bank operasiyalari va bulutli servis (cloud) ma’lumotlari uzatiladigan suv osti aloqa liniyalari haqida bormoqda.

Maqolada qayd etilishicha, Islom inqilobi muhofizlari korpusiga (IIMK) aloqador bo‘lgan OAVlar Eronning Google, Microsoft, Meta va Amazon kabi kompaniyalarni Ormuz bo‘g‘ozidagi infratuzilmadan foydalanishda Eron qonunchiligiga rioya qilishga majburlashni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan.

Bundan tashqari, suv osti kabellarini yotqizuvchi kompaniyalar zimmasiga lisenziya to‘lovlarini to‘lash majburiyati yuklanishi mumkin, ularni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish huquqini esa faqat Eron firmalariga taqdim etish ko‘zda tutilmoqda.

Kiritildi: 23:42 17.05.2026. O'qildi: 201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!