Payshanba kuni Gonkongdagi turar-joy majmuasida yirik yong‘in yuz berdi. Kamida 55 kishi halok bo‘ldi, 300 ga yaqin odam bedarak yo‘qoldi. Polisiya yong‘in sababini “o‘ta befarq” qurilish firmasi bilan bog‘lamoqda.
Qutqaruvchilar shimoliy Tay Po tumanidagi yuqori qavatlarda qolib ketgan aholiga yetib borish uchun kuchli issiqlik va quyuq tutun bilan kurashdi. Uch xodim qotillik aybi bilan hibsga olindi, ta’mirlash pudratchisi esa moliyaviy tekshiruvga duch kelmoqda.