Gonkong polisiyasi va Korrupsiyaga qarshi mustaqil komissiya (ICAC) Tay Po shahridagi Wang Fuk Court turar-joy majmuasida sodir bo‘lgan yong‘inga aloqadorlikda ayblanib, 14 kishini hibsga oldi.
Bu haqda South China Morning Post nashri ma’lum qildi.
Hibsga olinganlar orasida bosh pudratchi, konsalting muhandisi va iskala o‘rnatayotgan kompaniyaning subpudratchisi ham bor.
Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim gumonlanuvchilar yong‘in xavfsizligi me’yorlariga javob bermaydigan 2300 o‘ram himoya to‘rlarini sotib olgan. Uning narxi yong‘inga chidamli to‘rning deyarli yarmini tashkil qiladi.
"Ular standart bo‘lmagan to‘rni yong‘inga chidamli deb o‘tkazib yuborish niyatida, iskala poydevorini o‘rash uchun ishlatishgan", dedi u.
Yong‘in oqibatida vayron bo‘lgan binolarni ko‘zdan kechirayotgan qutqaruvchilar bugun yana besh kishining jasadini topib, jami qurbonlar soni 151 nafarga yetdi.