Amerikalik aktrisa Siseli Tayson 97 yoshida vafot etdi.
Bu haqda “ABC News” xabar bermoqda.
Aktrisaning menejeri Larri Tompson bu haqda aktrisaning qarindoshlariga tayanib ma’lum qildi.
Yulduzning o‘limi sabablari oshkor etilmagan.
Kino faoliyati davomida Tayson 150 dan ortiq filmlar va teleshoularda qatnashgan. 1973 yilda "Saunder" filmidagi roli uchun "Oltin globus" va "Oskar" mukofotiga nomzod bo‘lgan. 1974 va 1994 yillarda esa “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan.