Give Me Sport portali 2026 yilgi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun favoritlar reytingini yangiladi.
Portal talqiniga ko‘ra, sovrinni qo‘lga kiritish uchun eng yuqori imkoniyat "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamalda.
Qizig‘i, o‘tgan hafta Yamal intervyu berib, "Oltin to‘p"ni topshirish mezonlari haqida fikr bildirgan edi. 19 yoshli futbolchining aytishicha, sovrin muxlislar kuzatishni yaxshi ko‘radigan, eng yorqin futbolchiga berilishi kerak.
Yamal titullar va gollar uchun boshqa sovrinlar mavjudligini, "Oltin to‘p"ni esa faqat shu ko‘rsatkichlarga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri emasligini ta’kidlagan.
Reytingning ikkinchi pog‘onasidan "Bavariya" safida yuqori natijadorlik ko‘rsatgan va keyin Angliya terma jamoasi bilan jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan Garri Keyn joy oldi.
Uchinchi o‘rin Rodriga nasib etdi. Ispaniyalik yarim himoyachi 2024 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan edi. O‘tgan yozda u jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Top-10 reyting quyidagicha:
Lamin Yamal
Xarri Keyn
Rodri
Kilian Mbappe
Lionel Messi
Usman Dembele
Maykl Olise
Jud Bellingem
Deklan Rays
Xvicha Kvarasxeliya
"Oltin to‘p" sohibining nomi 26 oktyabr kuni Londonda e’lon qilinadi.
So‘nggi yillarda tashkilotchilar g‘olib nomi marosimga qadar sir saqlanishiga harakat qilmoqda. Avvallari esa sovrin egasi g‘alabasini oldindan bilar, France Football uchun intervyu berar va fotosessiyada ishtirok etar edi. Shu sababli natija ko‘pincha matbuotga oldindan sizib chiqardi.