Daniyaning Orxus universiteti olimlari Adolf Gitler DNKsida to‘rtta ruhiy kasallikka genetik moyillikni aniqladi.
Unda diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik sindromi, autizm, bipolyar buzilish hamda shizofreniya rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan. Bu haqdagi tadqiqot “Daily Mail” nashrida e’lon qilindi.
Mutaxassislar Gitlerning qon namunalarini tahlil qilgan. Ushbu qon izi 1945 yilda Gitler o‘z joniga qasd qilganidan so‘ng, amerikalik ofiser Rosvell Rozengren tomonidan uning bunkeridagi divan qoplamasidan olingan. Keyinchalik olimlar ushbu namunani genetik tahlildan o‘tkazib, genomni ketma-ket o‘qish usuli orqali taxminan uch milliard dona genetik yo‘riqni tashkil etuvchi qon tarkibini batafsil o‘rgangan.
“Bunday kasalliklarning kombinasiyasi juda murakkab. Gitler milliondan bir, balki milliarddan birinchi holat. Men uni jinoyatga moyil autistik psixopatiya (criminal autistic psychopathy) deb atash mumkin deb o‘ylayman,” deydi Triniti kolleji psixiatriya professori Maykl Fisdjerald.