Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

G‘ijduvon tumanida davlat zaxirasidagi yer maydonini 25 mln so‘mga sotgan shaxslar fosh etildi

G‘ijduvon tumanida davlat zaxirasidagi yer maydonini 25 mln so‘mga sotgan shaxslar fosh etildi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar R.P. va H.R. o‘zaro til biriktirib, 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, “Paxtaobod” MFY hududidagi 10 sotix davlat zaxirasidagi yer maydonini go‘yoki o‘zlariga tegishli ekanligini aytib, shundan 4 sotixini fuqaro A.O‘.ga va 6 sotixini F.Q.ga sotishga kelishib, ularning jami 25 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan, tekshiruv davomida 15 mln so‘mning qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:03. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!