Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Germaniyalik sobiq yulduz futbolchi G‘azodagi vaziyat haqida fikr bildirdi

Germaniyalik sobiq yulduz futbolchi G‘azodagi vaziyat haqida fikr bildirdi

Mesut O‘zil G‘azodagi vaziyat haqida fikr bildirdi.

"Real", "Arsenal" va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Isroil bombardimoni natijasida turar-joy binosi vayron bo‘lganini aks ettirgan videoga munosabat bildirdi.

"G‘azoda uylar vayron bo‘lmoqda, hayotlar barbod bo‘lmoqda. Begunoh odamlarning uylari tizimli ravishda vayron etilishini kuzatish insoniylikni sinash uchun eng yaxshi mezondir.

Tinchlik [tomonlar o‘rtasidagi] shunday bo‘lishi kerakki, unda bironta uy vayronaga aylanmasin, bolalar esa qo‘rquv emas, umid bilan yashasin. Biz boshpanasiz qolgan barcha birodarlarimiz uchun duo qilmoqdamiz», - deya yozdi O‘zil.

Kiritildi: 22:56 28.08.2025. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!