Bugun 31 iyul, 2026 yil, juma

КИР

Germaniyadagi 158 yillik tarixga ega bo‘lgan pivo zavodi yopilmoqda

Germaniyadagi 158 yillik tarixga ega bo‘lgan pivo zavodi yopilmoqda

Quyi Saksoniyaning Uslar shahridagi Bergbräu pivo zavodi 158 yillik faoliyatdan so‘ng sentyabr oyi oxirida yopiladi.

Bu haqda NDR telekanali xabar berdi.

Televideniye xabariga ko‘ra, pivo zavodi bozordagi narxlar bosimi, shuningdek, xomashyo, qadoqlash, energiya va xodimlar uchun narxlarning oshishi tufayli zarar ko‘rmoqda. Ishlab chiqarish 30 sentyabrda tugaydi va pivoning oxirgi partiyasi oktyabr oyi oxiriga qadar sotiladi.

Ta’kidlanishicha, yopilish tufayli 16 xodim ishsiz qoladi.

Uslar meri Torsten Bauer Bergbräuni shahar tarixining ajralmas qismi deb atadi va mahalliy hokimiyat idoralari pivo zavodini qo‘llab-quvvatlashni ko‘rib chiqish uchun Quyi Saksoniya Iqtisodiy ishlar vazirligiga murojaat qilganini e’lon qildi.

Kiritildi: Bugun 11:20. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!