Bu Kushnerlar oilasi (Trampning kuyovi) bilan tuzilgan kelishuv sababli tadbiq etilgan bo‘lishi mumkin.
UEFA'ga a’zo barcha mamlakatlar erkaklar va ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatlarini boykot qilishga qaror qildi. Unga ko‘ra, UEFA FIFA tomonidan tashkil etiladigan hech bir musobaqani qo‘llab-quvvatlamaydi.
Bu qaror FIFA'ning Jahon chempionati aktivlarining 20 foizini xususiy investorlarga sotish rejasiga qarshi norozilik sifatida qabul qilindi. Yangi xususiy tuzilmaning asosiy investori — Joshua Kushner boshqaradigan Thrive Eternal investisiya jamg‘armasi hisoblanadi. Joshua — Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerning ukasi hamda AQShning Fransiyadagi elchisi Charlz Kushnerning o‘g‘lidir.