Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Bolgariyani Amerika harbiy samolyotlarini Bezmer aviabazasiga vaqtincha joylashtirish to‘g‘risidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.
Bu haqda Eron ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, Bolgariya tashqi ishlar vaziri Velislava Petrova-Chamova bilan telefon orqali suhbat chog‘ida Eron tashqi ishlar vaziri AQShga Eronga qarshi operasiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi harbiy samolyotlarni joylashtirish uchun aviabaza berish ularda ishtirok etish bilan barobar ekanligini aytdi.
Arag‘chi bunday harakat qabul qilinishi mumkin emasligini va ikki mamlakat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona munosabatlarga zid ekanligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Eron vaziri Kipr tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos bilan telefon orqali suhbatlashdi va u Kiprdagi xorijiy harbiy bazalardan Eronga qarshi operasiyalar uchun foydalanishning oldini olish muhimligini ta’kidladi.
O‘tgan hafta Bolgariya parlamenti Bezmer aviabazasiga sakkiztagacha Amerika KS-135 tanker samolyoti va 250 tagacha AQSh harbiy xizmatchisini vaqtincha joylashtirishni ma’qulladi. Sofiya hujumkor qurollardan foydalanilmasligini va bu qadam Bolgariyani harbiy operasiyalarda ishtirokchi qilmasligini aytdi.