Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Germaniyada yoshlar ishtirokida hukumatga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda

Germaniyada yoshlar ishtirokida hukumatga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda

Germaniyaning bir qator shaharlarida hukumatga qarshi yoshlar namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Taxminlarga ko‘ra, ularda o‘n minglab kishi ishtirok etmoqda.

Germaniya kansleri Fridrix Mersning iste’fosini talab qilayotgan «Z avlod qaror qiladi» yoshlar harakatining norozilik namoyishlari mamlakatning 30 ta shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Namoyishchilar Berlin, Frankfurt-na-Mayne, Mayns, Myunxen, Nyurnberg, Erfurt, Magdeburg, Drezden va Leypsig ko‘chalariga chiqishgan. Ularning ayrimlari qo‘llarida «Mers ketishi kerak» degan yozuvlar tushirilgan plakatlarni ko‘tarib olgan. Har bir namoyishda 2 mingdan 5–6 ming nafargacha kishi ishtirok etmoqda.

Faollar maktablarni moliyalashtirishning qisqartirilishi, yashash xarajatlarining oshishi, ijara haqining qimmatligi, shuningdek, majburiy harbiy xizmatning qayta tiklanishi ehtimoliga qarshi chiqmoqda. Ular hukumatni mablag‘larni ta’lim va ijtimoiy sohaga yo‘naltirishga chaqirmoqda.

Namoyishlar nisbatan tinch ruhda o‘tayotganiga qaramay, Nyurnberg va Shtutgart shaharlarida namoyishchilar pirotexnika vositalari va tutunli shashkalardan foydalangan. Kyoln shahrida esa namoyishchilar provokasiyalarga qo‘l urib, yuzlarini berkitgani va pirotexnika vositalarini ishlatgani sababli polisiya namoyishni tarqatish haqida buyruq bergan.

Bild nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab namoyishlarda taxminan 160 ming kishi ishtirok etgan.

Kiritildi: Bugun 11:35. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!