Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Germaniyada O‘zbekistondan tibbiyot xodimlarini jalb qilish dasturi ishga tushirildi

Germaniyada O‘zbekistondan tibbiyot xodimlarini jalb qilish dasturi ishga tushirildi

DW nashrining yozishicha, Germaniya bir necha yildan buyon tibbiyot xodimlari yetishmovchiligiga duch kelmoqda: 2024 yilda parvarish sohasida 32 600 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni to‘ldirilmagan holda qoldi. Bu xorijdan, jumladan, O‘zbekistondan mutaxassislar izlashga majbur qilmoqda. Berlin va Toshkent o‘rtasidagi migrasiya va mobillik to‘g‘risidagi kelishuvdan so‘ng O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish kuchaydi.

O‘zbekistonda tibbiyot kadrlari ortiqchaligi sababli, u yerdan allaqachon tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar jalb etilyapti. Bu ularning malakasini tan olish muddatini 1 yilgacha qisqartirish imkonini beradi.

Taqqoslash uchun: Vyetnamdan kelgan tibbiyot xodimlarini tayyorlash taxminan 3 yil vaqt oladi. Germaniya klinikalarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston tayyorgarlik tizimi talablarga umuman olganda mos keladi, ammo mutaxassislar bemorlarni parvarish qilish sohasida qo‘shimcha ta’limga muhtoj.

Hamkorlik doirasida 2026 yilda til tayyorgarligidan B2 darajasigacha o‘tgan va kasbiy moslashuvdan o‘tayotgan 20 nafar tibbiyot xodimidan iborat birinchi guruhni qabul qilish rejalashtirilgan, deyiladi nashr xabarida.

Kiritildi: Bugun 13:51. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!