Rossiyalik xonanda Slavaning Germaniyadagi konserti vizasi bekor qilingani sababli o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, xonandaning direktori Nikolay Makarov bu qarorni siyosiy sabablar bilan bog‘ladi. Uning aytishicha, Shengen vizasi Ispaniya viza markazi orqali olingan bo‘lgan, ammo konsertdan ikki kun oldin bekor qilingan.
Makarovning ta’kidlashicha, bu holat xonandaning Vladimir Putin siyosati qo‘llab-quvvatlangan bayonotlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya tomoni rad etish sabablari rasman ma’lum qilinmagan.