Germaniya parlamenti yuqori palatasi Isroilning “mavjud bo‘lish huquqini” inkor etishni yoki uni tugatishga chaqirishni 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi.
Qonun loyihasi hali parlament quyi palatasi tomonidan ham ma’qullanishi kerak. Ushbu hujjat so‘z erkinligi himoyachilarining tanqidiga sabab bo‘ldi – ularning fikricha, bu qonun Germaniya konstitusiyasi tomonidan kafolatlangan so‘z erkinligi huquqlarini buzadi.