Bugun 16 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Boysunda avariyali quduqni yopish ishlari boshlandi

Boysunda avariyali quduqni yopish ishlari boshlandi

15 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yilligi" konida avariyali quduqni yopish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Bu haqda "O‘zbekneftegaz" ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan "O‘zbekneftegaz" AJ boshqaruv raisi Abdug‘ani Sang‘inov, Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov va boshqa mutasaddilar konga borib, "Kofrun" qishlog‘i faollari hamda loyihada ishtirok etayotgan Xitoyning CNPC korporasiyasi mutaxassislari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda avariyali quduqni yopish loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar va xavfsizlik choralari muhokama qilindi. Mahalliy aholi bilan ham suhbat o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 sentyabr kuni kondagi 604-sonli quduqda burg‘ilash ishlari vaqtida texnologik jarayon buzilishi oqibatida vodorod sulfidi sizib chiqqan. Hodisa ortidan yaqin hududda yashovchi aholi xavfsiz joylarga evakuasiya qilingan.

Kiritildi: 18:06 15.08.2026. O'qildi: 1038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!