15 avgust kuni Zarafshon—Tomdi yo‘lida 39 yoshli Aziza Mirzayeva boshqaruvidagi «Cobalt» yo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketgan.
Og‘ir tan jarohatlari olgan sudya voqea joyida halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga tezlikni oshirish sabab bo‘lgan. Shuningdek, yo‘lning holati ham qoniqarsiz ekani aytilmoqda.
Aziza Mirzayeva 2024 yil dekabridan Tomdi tuman sudi raisi lavozimida ishlab kelgan, ikki farzandning onasi edi.