Bugun 16 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaga ishlash maqsadida borgan Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari soni kamaymoqda — “Vedomosti”

Rossiyaga ishlash maqsadida borgan Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari soni kamaymoqda — “Vedomosti”

2026 yilning birinchi yarim yilligida Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan markaziy osiyoliklar soni 2.1 mln kishini tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 14 foizga yoki 340 mingga kamaygan.

Davlatlar kesimida eng yuqori pasayish O‘zbekistonda kuzatilgan. Birinchi yarim yillikda O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash maqsadida borgan migrantlar soni 179 mingga kamaygan (13,2 foiz). Tojikiston hamda Qirg‘izistondan esa qisqarish mos ravishda 107,8 ming hamda 57,8 mingni tashkil etgan. Qozog‘istondan deyarli pasayish kuzatilmagan bo‘lsa, Turkmanistondan ishlash maqsadida Rossiyaga borganlar 41 foizga oshgan.

Bunda, ma’lumot Rossiyada ishlab turganlar sonini emas balki yanvar-iyun oylarida Rossiyaga ishlash maqsadida borganlar sonini qamrab oladi.

O‘zbekiston Migrasiya agentligiga ko‘ra hozirgi kunda 834,2 ming mehnat migrantlarimiz Rossiyada faoliyat olib bormoqda. Lekin Rossiya tomoni berayotgan ma’lumotga ko‘ra birinchi yarim yillikning o‘zida Rossiyaga ishlash maqsadida tashrif buyurganlar soni 1,2 mln kishini tashkil etgan. Rossiya tomoni raqamlarni oshirib ko‘rsatishdan, biz esa teskarisidan manfaatdormiz. Shu sababli raqamlar farq qilishi turgan gap.

Kiritildi: 17:39 15.08.2026. O'qildi: 1499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!