Bugun 16 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Toliblar AQShni Afg‘onistondan chiqarib yuborgan edi, endi esa yana qaytishga chaqirmoqda» — The New York Times

«Toliblar AQShni Afg‘onistondan chiqarib yuborgan edi, endi esa yana qaytishga chaqirmoqda» — The New York Times

AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqarilganiga 5 yil o‘tib, mamlakat hukumati Vashingtonga diplomatik hozirligini tiklashni taklif qildi.

Afg‘oniston TIV rahbari Amir Xon Muttaqiy The New York Times’ga bergan intervyusida

AQSh elchixonasini qayta ochishi, diplomatik vakolatxonasini saqlab qolishi hamda Afg‘onistonning mineral resurslari, to‘g‘onlari va yo‘l infratuzilmasiga investisiya kiritishi mumkinligini aytdi.



Muttaqiyning ta’kidlashicha, Tolibon hukumati urush davri tugagan deb hisoblaydi va AQSh bilan munosabatlarni o‘zaro hurmat asosida qurishni istaydi. Afg‘oniston xalqaro yakkalanishdan chiqishga harakat qilmoqda va Rossiya, Markaziy Osiyo hamda Fors ko‘rfazi davlatlari bilan aloqalarini kengaytirmoqda. Biroq Vashington terrorizm xavfi va Tolibon siyosati bilan bog‘liq xavotirlar sababli munosabatlarni to‘liq normallashtirishga hozircha ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda.

Kiritildi: 18:17 15.08.2026. O'qildi: 893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!