Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Germaniyada harorat +41,7℃ gacha ko‘tarildi

Germaniyada harorat +41,7℃ gacha ko‘tarildi

Germaniya uchinchi marta issiqlik rekordini yangiladi, deb yozmoqda DW

Mamlakat meteorologiya xizmatining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Brandenburg federal yeridagi, Polsha chegarasi yaqinida joylashgan Koshen qishlog‘ida 28 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:10 da havo harorati +41,7℃ ga yetdi.

Bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bundan oldingi rekord 26 iyun kuni Saar federal yerida qayd etilgan bo‘lib, u yerda harorat +41,3℃ gacha ko‘tarilgan edi.

Ungacha bo‘lgan eng yuqori ko‘rsatkich (+41,2℃) 2019 yil 25 iyulda Shimoliy Reyn — Vestfaliya federal yerida kuzatilgan, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:29 29.06.2026. O'qildi: 1600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!