Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Kannavaro JChda eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar qatoriga kiritildi

Kannavaro JChda eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar qatoriga kiritildi

Football Finance nashri O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroni 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan murabbiylar orasida eng yuqori maosh oluvchilar qatoriga kiritdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari orasida eng yuqori maosh oluvchi mutaxassis deb topilgan. Italiyalik murabbiyning yillik daromadi 10 million yevroga teng.

Ikkinchi o‘rinni Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann egallagan bo‘lib, uning maoshi yiliga 7 million yevroni tashkil etadi. AQSh terma jamoasini boshqarayotgan Maurisio Pochettino esa 6 million yevro bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel yiliga 5,8 million yevro maosh oladi.

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro esa ro‘yxatda beshinchi o‘rinda qayd etilgan. Uning yillik maoshi 4 million yevroni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesniki bilan teng.

Ma’lum qilinishicha, Kannavaroning maoshi Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham (3,8 million yevro), Niderlandiya bosh murabbiyi Ronald Kuman (3 million yevro) hamda Argentina terma jamoasi ustozi Lionel Skaloning (2,3 million yevro) ish haqidan yuqori.

Kiritildi: 21:31 10.06.2026. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!