Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Germaniya va Italiya YEIning Isroil bilan tuzilgan shartnomaning to‘xtatilishiga qarshi chiqdi

Germaniya va Italiya YEIning Isroil bilan tuzilgan shartnomaning to‘xtatilishiga qarshi chiqdi

Germaniya va Italiya Yevropa Ittifoqi-Isroil assosiasiya shartnomasini to‘xtatib turish taklifini rad etishdi.

Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Taklif Ispaniya va Irlandiya tomonidan Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ilgari surilgan.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful buni noo‘rin deb atadi va Isroil bilan muloqotni davom ettirish zarurligini ta’kidladi: "Biz Isroil bilan muhim masalalar bo‘yicha gaplashishimiz kerak. Bu konstruktiv muloqot doirasida amalga oshirilishi kerak".

Avvalroq Ispaniya, Sloveniya va Irlandiya Bryusselda Yevropa Ittifoqi-Isroil assosiasiya shartnomasini to‘xtatib turish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan edi.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!