Bugun 17 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Germaniya shifoxonalarini Rossiya bilan ehtimoliy urush uchun tayyorlamoqda

Germaniya shifoxonalarini Rossiya bilan ehtimoliy urush uchun tayyorlamoqda

Germaniya Rossiya bilan urush boshlangan taqdirda ko‘p sonli yaradorlarni qabul qilish uchun kasalxonalarni tayyorlamoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Sog‘liqni saqlash tizimimiz bunga tayyormi? Yagona javob — yo‘q. Bizni marafonga o‘xshash uzoq va og‘ir jarayon kutmoqda”, dedi Ulmdagi harbiy gospital qo‘mondoni Benedikt Frimert.

Qayd etilishicha, Germaniya hukumati bu shahardagi harbiy gospital ostida joylashgan tibbiy bunkerni qayta ochishni buyurgan. Maqolada Bundesverning (Germaniya qurolli kuchlari) hisobotiga ham iqtibos keltirilgan.

Unda Rossiya bilan ehtimoliy harbiy harakatlar ssenariysi keltirilgan: nizo chiqqan taqdirda Germaniyaga har kuni 1000 nafargacha yarador askar olib kelinishi mumkin.

Aprel oyida Berlin o‘zining harbiy strategiyasini rasman tasdiqlagandi. Unda 2039 yilga borib Yevropadagi eng qudratli armiyani tuzish maqsadi qo‘yilgan. Hujjatda Rossiya “asosiy tahdid” deb atalgan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu konsepsiyani “qarama-qarshilikning yaqqol ko‘rinishi” deb baholagan.

Kiritildi: 23:42 16.09.2026. O'qildi: 794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!