Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 27 sentyabr kuni prezidentlik lavozimidan iste’foga chiqishini e’lon qildi, deb xabar beradi TASS.
– 27 sentyabr kuni men prezidentlik lavozimidan iste’foga chiqaman, — dedi Vuchich Pink telekanali efirida.
9 sentyabr kuni Serbiya prezidenti mamlakatning bir palatali parlamenti — Xalq skupshchinasini tarqatib yuborish va muddatidan oldin parlament saylovlarini 25 oktyabrga belgilash to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.
Keyinchalik Vuchich sentyabr oyi oxirida iste’foga chiqishini va oddiy fuqaro sifatida muddatidan oldin parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rishini e’lon qildi.
Ta’kidlash joizki, Serbiyaning hukmron Progressiv partiyasi raisi Milosh Vuchevich Vuchich bo‘lajak parlament saylovlarida partiya ro‘yxatini boshqarishini va bosh vazir lavozimiga nomzod bo‘lishini e’lon qilgan edi.