Bugun 17 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Vladimir Putin Duma saylovlari oldidan xalqqa murojaat qildi

Vladimir Putin Duma saylovlari oldidan xalqqa murojaat qildi

Ovoz berish uch kun - 18, 19 va 20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Davlat rahbari bunday keng ko‘lamli kampaniya maxsus harbiy operasiya sharoitida o‘tkazilayotganini ta’kidladi. Donbass va Novorossiya aholisi Rossiya bilan birlashganidan keyin birinchi marta Davlat Dumasi deputatlarini saylaydi. Vladimir Putin hozirda og‘ir jangovar ishlarni olib borayotgan askar va ofiserlar ovoz berishda eng faol ishtirok etishiga ishonch bildirdi. Prezident ularning jasorati va Vatanga sadoqatini butun mamlakat uchun namuna deb atadi.

🔸Har bir saylovchining ovozi muhim. Saylovlarda ishtirok etish Rossiya g‘alabasiga qo‘shilgan umumiy hissa;

🔸Saylovda munosib nomzodlar, haqiqiy vatanparvarlar g‘alaba qozonishiga ishonaman;

🔸Caylov maxsus harbiy operasiya sharoitida olib borilmoqda, unda askar va matroslar ham ishtirok etishiga ishonchim komil;

🔸Hech kim bizni qo‘rqita olmaydi, bizni tarqata olmaydi, bizning davlatimiz va ijtimoiy-siyosiy tizimimizni buza olmaydi.

Rossiya Davlat Dumasi saylovi 18-20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 33ta regionda saylovda onlayn ishtirok etish ham mumkin.

Kiritildi: 23:13 16.09.2026. O'qildi: 925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!