Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniya sharqida o‘ng qanot "Die Heimat" partiyasi vakili YEIga qarshi bo‘lishiga qaramay, "Evropa bo‘yicha vakil" etib saylandi

Germaniya sharqida o‘ng qanot "Die Heimat" partiyasi vakili YEIga qarshi bo‘lishiga qaramay, "Evropa bo‘yicha vakil" etib saylandi

Germaniyaning o‘ng qanot "Die Heimat" ("Vatan") partiyasidan Felten shahar kengashi a’zosi Robert Volinski jamoatchilik asosida Yevropa ishlari bo‘yicha vakil lavozimini egallaydi, deb xabar bermoqda Märkische Allgemeine nashri.

Brandenburg federal yeridagi ushbu shahar veb-saytida ko‘rsatilishicha, bu lavozim rasman "Evropa birligi va integrasiyasi g‘oyasini targ‘ib qilish" uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, "Die Heimat" neonasistlarning Germaniya Milliy-demokratik partiyasi izdoshi hisoblanadi.

Die Welt nashrining qayd etishicha, yangi partiya yevroskeptisizm tarafdori bo‘lib, Yevropa Ittifoqi o‘rniga "suveren davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni" yoqlaydi. Partiya, shuningdek, Berlinning NATO'dan chiqishini va nemis markasining qaytarilishini talab qiladi. 2024 yilda Germaniya Konstitusiyaviy sudi partiyani olti yilga davlat moliyalashtiruvidan mahrum qilgan edi.

Aholisi 13 ming kishini
tashkil etuvchi Felten shahri Berlinning shimolida joylashgan. U yerda o‘ng "Die Heimat" partiyasi vakilining tayinlanishi deyarli muqarrar edi, chunki mahalliy shahar kengashida u, o‘ta o‘ngchi "Germaniya uchun muqobil" (AfD) partiyasi va unga yaqin bo‘lgan mahalliy saylovchilar ittifoqi vakillari jami 14 ta o‘rinni egallaydi. Holbuki, XDI konservatorlarida atigi uchta, sosial-demokratlar, So‘llar partiyasi va yana bir kengash a’zosidan iborat koalisiyada esa yettita o‘rin bor, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 17:45. O'qildi: 222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!