"Duysburg shahridagi boshlang‘ich va o‘rta maktablar 7 aprel kuni yopiq bo‘ladi. Bunga avval kelib tushgan “tozalash” haqidagi tahdidlar sabab bo‘lgan", deya xabar berdi mahalliy polisiya agentlikka.
Bild gazetasining yozishicha, kamida 13 ta maktabda darslar bekor qilingan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 4 aprel kuni mintaqa rasmiylariga Duysburgdagi ayrim maktablarda zo‘ravonlik harakati rejalashtirilayotgani haqida tahdidlar yozilgan anonim xat yuborilgan. Oradan ikki kun o‘tib, boshqa maktablarga ham shunga o‘xshash harakatlar tayyorlanayotgani haqida yana bir tahdidli xat kelgan.