Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Germaniya Rossiyaga qarshi bosimni kuchaytirishi mumkin

Germaniya Rossiyaga qarshi bosimni kuchaytirishi mumkin

2025 yil 26 avgust, Berlin — Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ilgarilash bo‘lmasa, Moskvaga qarshi bosim kuchaytirilishini bildirdi.

Mersning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan rejalashtirilgan uchrashuv oldidan "qabul qilib bo‘lmaydigan shartlar" qo‘ymoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "strategik kechiktirish" siyosati hisoblanadi.

Kansler shuningdek, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi. Agar uchrashuv ikki hafta ichida o‘tmasa, tashabbus Yevropa va AQSh qo‘liga o‘tishi mumkin.

Kanada bosh vaziri Mark Karni ham Putinni Zelenskiy bilan uchrashuvni kechiktirayotganlikda aybladi. Uning ta’kidlashicha, Ukrainada tinchlik va xavfsizlikka erishish Rossiyaga qarshi sanksiyalar, Ukraina qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ishonchli xavfsizlik kafolatlarisiz amalga oshmaydi.

Mers, shuningdek, Donald Trampning Putin va Zelenskiy ishtirokida uch tomonlama uchrashuv chaqirish taklifini "mantiqiy qadam" sifatida baholadi.

Kiritildi: 19:15 26.08.2025. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!