Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniya Rossiya bilan uzoq davom etadigan mojaroga o‘zining maxsus kuchlarini tayyorlamoqda

Germaniya Rossiya bilan uzoq davom etadigan mojaroga o‘zining maxsus kuchlarini tayyorlamoqda

Germaniya qurolli kuchlarining elita maxsus bo‘linmasi — KSK Rossiya bilan ehtimoliy harbiy mojaro yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olgan holda tayyorgarlik dasturini o‘zgartirmoqda.

Bu haqda bo‘linma qo‘mondoni, brigadir general Andreas Kyune mahalliy Bild nashriga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya maxsus kuchlar tayyorgarligida asosiy ehtimoliy raqib sifatida ko‘rilmoqda. Agar ilgari operasiyalar taxminan uch kunga mo‘ljallangan bo‘lsa, endi harbiylar muntazam ravishda bazalarga qaytmasdan, dala sharoitida ancha uzoq vaqt qolishga tayyorlanmoqda.

Tayyorgarlik dasturida tanklar, artilleriya, uchuvchisiz uchish apparatlari va radioelektron kurash vositalariga ega raqibga qarshi harakatlarni mashq qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Germaniya kuchlarining NATOning sharqiy qanotida joylashtirilishi ehtimolini hisobga olgan holda, qattiq sovuq sharoitida harakatlanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, KSK Germaniyaning asosiy kuchlari yirik operasiyalarni boshlashidan oldin maxsus vazifalarni bajarish uchun harbiylarini tezkor joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Bild nashri ma’lumotlariga ko‘ra, maxsus kuchlar Shtutgartdan to‘rt soat ichida uchib chiqishga tayyor bo‘lishi kerak. Bu ularga Litvada joylashtirilgan Germaniyaning 45-bronetank brigadasi keng ko‘lamli harbiy harakatlarni boshlashidan oldin dastlabki vazifalarni bajarish imkonini beradi.

Tayyorgarlik dasturining o‘zgartirilishi Germaniya rasmiylari Rossiya tomonidan kelayotgan tahdidlar haqidagi ogohlantirishlarni kuchaytirayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

21 oktyabr kuni Germaniya qurolli kuchlari Rossiya tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan diversiyalar xavfi darajasini «sezilarli» deb baholadi. Bu xavf darajasi bo‘yicha ikkinchi yuqori toifa hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!