Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Germaniya Rossiya bilan ehtimoliy urush va yaradorlar oqimiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Germaniya Rossiya bilan ehtimoliy urush va yaradorlar oqimiga tayyorgarlik ko‘rmoqda



Germaniya shifoxonalari Rossiya va NATO o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan taqdirda kuniga 1 000 nafargacha yarador harbiy mamlakatga olib kelinishi mumkin bo‘lgan ssenariyga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mamlakatdagi 5 ta harbiy shifoxona bunday oqimni tezda qabul qila olmasligi mumkin.

Shu sababli Germaniya sovuq urush davrida qurilgan tibbiy bunkerlarni qayta ishga tushirish, ayrim shifoxonalarda yerosti avtoturargohlarini boshpanaga moslashtirish va ommaviy jabrlanganlar ssenariyi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

▪️Ulmda 1979 yilda qurilgan tibbiy bunker 2 000 kishini 90 kun davomida qabul qilishga mo‘ljallangan, ammo u 30 yildan beri ishlatilmaydi va modernizasiyaga muhtoj.
▪️Asosiy muammolardan biri — kadrlar. Germaniyada urushda olingan og‘ir jarohatlarni davolash tajribasiga ega shifokorlar atigi bir necha yuz nafar. Germaniyaning tibbiy tizimi ommaviy harbiy yo‘qotishlar ssenariyiga hozircha to‘liq tayyor emas.
Kiritildi: 16:50 16.09.2026. O'qildi: 506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!