Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer federal kansler Olaf Shols va uning hukumatidagi 14 nafar vazirga iste’fo to‘g‘risidagi guvohnomalarni tantanali ravishda topshirdi. Marosim Berlin markazidagi Belvyu prezidentlik saroyida bo‘lib o‘tdi. Shtaynmayer Shols va uni hukumatining "ulkan sa’y-harakatlari" uchun ularga minnatdorlik bildirdi.
Germaniya Asosiy qonunining 69-moddasiga ko‘ra, kansler va vazirlar yangi Bundestag chaqirilgan kuni lavozimlarini tark etadilar. 25 mart kuni yangi tarkibdagi parlamentning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Biroq prezident Shtaynmayer kansler Shols va barcha 14 vazirdan yana bir necha hafta lavozimida qolishini so‘radi. Bu tartib ham qonunda nazarda tutilgan. Kansler va vazirlar yangi hukumat shakllantirilgunga qadar ishini davom ettiradi.
Avvalroq Fridrix Mers yangi hukumatni Pasxa bayramigacha – joriy yil 20 apreligacha tuzishga va’da bergan edi.