Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniya prezidenti 2036 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini mamlakatda o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

Germaniya prezidenti 2036 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini mamlakatda o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

Avvalroq u bunga qarshi chiqqandi, chunki Olimpiada fashistlar Germaniyasida Gitler targ‘ibot uchun foydalangan 1936 yilgi o‘yinlardan roppa-rosa yuz yil o‘tib o‘tkazilishi tarixiy noxush o‘xshashliklarni keltirib chiqarishidan xavotirda edi. Biroq endi prezident o‘z fikrini o‘zgartirdi.

Shtaynmayer Germaniya ajoyib sport inshootlariga ega ekanini va nemislar sportni sevishini ta’kidlab, mamlakat o‘yinlarni qabul qilishga qodirligini bildirdi.

Prezident administrasiyasining qayd etishicha, unda 1936 yilgi Olimpiada bilan bog‘liq xavotirlar saqlanib qolgan, biroq tashkilotchilar musobaqaga tayyorgarlik va uni o‘tkazish jarayonida tarixiy kontekstga mas’uliyat bilan yondashishlari mumkinligiga ishonadi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2036 yilgi Olimpiada mezbonini hali tanlagani yo‘q. Qaror taxminan 2028-2029 yillarda qabul qilinadi. Germaniyadan tashqari, da’vogarlar sifatida Qatar, Turkiya, Hindiston, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Misr, Janubiy Koreya, Chili va Polsha nomlari ham aytilmoqda, deyiladi xabarlarda.

Kiritildi: Bugun 17:15. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!